Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nodavlat bog‘cha va maktablarga lisenziya berish talablari yengillashtiriladi

Nodavlat bog‘cha va maktablarga lisenziya berish talablari yengillashtiriladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023-y)ga ko‘ra 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

• nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;

• nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 22:33 31.05.2023. O'qildi: 2891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!