Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini kremasiya qilish tartibi belgilandi

Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini kremasiya qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini kremasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3855, 11.06.2026 y.)

Mazkur nizom nobud bo‘lgan hayvonlar jasadlarini ko‘zdan kechirish, tashish, vaqtincha saqlash va kremasiya qilish tartibini belgilaydi.

Kremasiya – nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondirish orqali ularning biologik qoldiqlarini to‘liq yo‘q qilish usuli.

Nizomga muvofiq:

  • hayvon nobud bo‘lganligi aniqlanganda hayvon egasi yoki jasadni ko‘rgan shaxs tomonidan mas’ul shaxsga shu kunning o‘zida xabar berilishi;
  • jasad maxsus transport yoki yopiq konteynerlarda krematoriyga olib boriladi;
  • kremasiyagacha maxsus joyda saqlanadi, saqlash muddati qoidaga ko‘ra 24 soatdan oshmaydi;
  • yuqumli kasallik aniqlanganda yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lganda kremasiya amalga oshiriladi;
  • kremasiyadan keyin qolgan kul va qoldiqlar yo‘q qilinadi hamda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Xavfsizlik talablari:

  • xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi;
  • foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi;
  • jasadlarni ochiq holda tashish va saqlash taqiqlanadi.
Kiritildi: Bugun 15:58. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!