6 iyun kuni yapon kimyogari Eyiti Negisi 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.
1979 yildan beri Negisi Amerika Perdyu Universitetida (Indiana) ishlagan. Ta’lim muassasasi veb-saytida yozilishicha, olimning 400 ga yaqin nashrlari mavjud.
2010 yilda Negisi Akira Suzuki (Yaponiya) va Richard Xek (AQSh) bilan birgalikda "kundalik hayotni yaxshilaydigan murakkab molekulalarni qurish uchun uglerod atomlarini birlashtirishning yangi, yanada samarali usullarini ishlab chiqqani" uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.