Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nima? Yangi pandemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus aniqlandi

Nima? Yangi pandemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus aniqlandi

Dunyo bo‘ylab olimlar yaqin kelajakda gripp virusi yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Buni aniqlash uchun o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotda 187 nafar olim ishtirok etdi. Kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning 57 foizi gripp o‘limga olib keluvchi yuqumli kasallikning navbatdagi global epidemiyasi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Gripp har qishda kuzatiladi. Uning tarqalishini kichik pandemiyalar deb atash mumkin. Ular nisbatan nazorat ostida, sababi bunday kasalliklarni keltirib chiqaradigan turli shtammlar u qadar virulent (xavfli, yuqumli) emas. Ammo bu har doim ham shunday ekanini anglatmaydi”, — dedi Kyoln universitetidan Jon Salmanton-Garsiya.

Respondentlarning yana 21 foizi “Virus X” (hali noma’lum virus) butun dunyo uchun xavf tug‘dirishiga, xuddi Sars-CoV-2 kabi kutilmaganda paydo bo‘lishiga ishonchi komil.

Bundan tashqari, so‘rovda qatnashgan olimlarning 15 foizi koronavirus yana pandemiyani qo‘zg‘atishi mumkinligini aytgan. Lassa, Nipah, Ebola va Zika viruslari kabi boshqa halokatli mikroorganizmlar faqat ozchilik ekspertlar tomonidan jiddiy global tahdidlar sifatida baholangan.

Kiritildi: 10:32 22.04.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!