Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nima uni Allohdan to‘sib, aldab qo‘ydi?

Nima uni Allohdan to‘sib, aldab qo‘ydi?

Xavorijlardan biri Hasan Basriyning majlisiga kelar, yomon gaplar yoki qiliqlar bilan beodoblik qilib, majlis ahliga ozor yetkazar edi. Odamlar Hasan Basriyga: «Ey Abu Sa’id, mana bu odamni amirga aytmaysizmi, bizni bezovta qilmaydigan qilib qo‘yardi», deyishdi. Hasan Basriy ularga javob bermay, sukut saqlashni afzal ko‘rdi. Bir kuni haligi xavorij yana Hasan Basriyning majlisiga kelib, har doimgidek beodoblik qila boshladi. Shunda Hasan Basriy: «Allohim, uning bizlarga qilgan ozorini O‘zing ko‘rib, bilib turibsan. O‘zing xohlaganingday, unga kifoya qil!» deb duoibad qildi.

Bu voqeani rivoyat qilgan odam aytadi: «Hasan Basriy shunday deb duo qilishi bilan haligi xavorij turgan joyida yerga yiqildi. Uni ko‘tarib uyiga olib borishganda, joni chiqib bo‘lgan ekan. Hasan Basriy har gal o‘sha odamni eslasa, yig‘lar va: «Nima uni Allohdan to‘sib, aldab qo‘ydi?» der edi.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 09:06 11.07.2019. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!