Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nima uchun Muhammad sollallohu alayhi va sallamni yolg‘onchiga chiqaradilar? (1-qism)

Nima uchun Muhammad sollallohu alayhi va sallamni yolg‘onchiga chiqaradilar? (1-qism)

Nasroniylar Islom dinini samoviy din sifatida, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamni esa, Alloh taolo tarafidan yuborilgan payg‘ambar va rasul sifatida tan olmaydilar. Fransiyaning Lorus ensiklopediyasida kelishicha: “Muhammad sollallohu alayhi va sallam sehrgar, buzuq xulq atvorga ega, tuya o‘g‘risi va kardinal bo‘lib, papalik kursisiga o‘tira olmagach, o‘zining atrofidagilardan o‘ch olish uchun yangi dinni o‘ylab topgan”.

Tarix davomida o‘tgan eng buyuk kishini g‘arblik nasroniylardan bo‘lgan katta mufakkirlarning ko‘plari quyidagicha e’tirof etadilar.

Biz ahli kitoblar orasida Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga iymon keltirmagan va U zotni yolg‘onchiga chiqaradigan kimsalarga shunday savol beraylik: “Insonlar hech qachon Muhammad sollallohu alayhi va sallamni yolg‘on gapirganlarini kuzatmagan, hatto U zotni sodiq, amin degan nom bilan atagan bo‘lsa, qanday qilib U zot yolg‘onchi bo‘ladi?”;

“Qanday qilib Allohga nisbatan yolg‘on gapiradi-yu, keyin Alloh barcha dushmanlari ustidan ochiq nusrat ila yordam beradi?”;

“Qanday qilib yolg‘on gapiradi-yu, keyin davlati shu darajada kengayib ketadi?”;

“Qanday qilib yolg‘on gapiradi-yu, keyin U zotga ergashganlar soni bugungi kunga kelib, qarib bir yarim milliardni tashkil qiladi?”;

“Qanday qilib yolg‘on gapiradi-yu, keyin uning dini butun dunyoga, xususan g‘arb nasroniy olamining qoq markazi bo‘lgan Yevropa va Amerikaga aql bovar qilmaydigan darajada tarqalib ketmoqda?”.

Qo‘limizdagi Fransiyaning “Lekspress” gazetasining hisob kitoblariga ko‘ra Fransiyada barcha tabaqa vakillari va mehnatkashlar orasida musulmonlarning soni tobora ortib bormoqda. Shuningdek, turli fikriy yo‘nalish va dinlarning vakillari orasida ham buni kuzatishimiz mumkin. Hisob kitoblar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan yaqin yillar mobaynida Fransiyada Islomni yangi qabul qilganlar oltmish mingga yetgan. Ichki ishlar vazirligining mutaxassisi ta’kidlashicha, hozirgi kunda ko‘pchilik Islom dinini qabul qilmoqda!

Shuningdek, ular orasida muhandislar, universitet xodimlari, shirkat rahbarlari, tarbiyachilar, mudarrislar, talabalar, ishsiz yurganlar va dindorlarni ham ko‘rishimiz mumkin. Ularning barchasi Fransiyadagi yangi islomiy jamiyat binosining ilk g‘ishtlarni tashkil qiladilar.

Bu birgina Fransiyadagi vaziyat emas, Amerika va Yevropa, balki butun dunyoda mana shunday jarayon kuzatilmoqda. Bu narsa Irlandiyalik mashhur Bernard Shovning so‘zlarini yodimizga keltiradi. Bu inson Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida bir kitob yozadi. Biroq u yashayotgan hukumat kitobda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni maqtash, olqishlash, payg‘ambarliklarini e’tirof etish va shaxsiyatlaridagi insoniy ulug‘lik haqida so‘z borgani tufayli bu kitobni yoqib yuborgan.

Bernard Shov Islomning keng tarqalishi haqida shunday deydi: “Shubhasiz, dunyo ulug‘ kishilarning xabarlariga katta e’tibor qaratadi. Shu narsa ma’lumki, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dini yaqin kunlarda Yevropada maqbul dinga aylanadi. Hozirdanoq ular uchun maqbul bo‘lishni boshlagan.

Hozirgi kunda Yevropa ahlidan mening ko‘pgina vatandoshlarim Muhammad sollallohu alayhi va sallamning diniga kira boshlagan. Qo‘rqmasdan: “Hozir Yevropa Islomga oshiq bo‘lishni boshladi”, deyishimiz mumkin. Yigirma birinchi asr o‘z nihoyasiga yetmasdan turib, Yevropa o‘z mushkilotlarini yechishda Islomdan ko‘mak olmoqda”.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 15:30 06.07.2019. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!