Bugun 18 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Nima uchun “Kalyari” Shomurodovni o‘zida olib qolmadi?

Nima uchun “Kalyari” Shomurodovni o‘zida olib qolmadi?

O‘zbekiston terma jamoasi sardori hamda “Roma” klubi hujumchisi “Kalyari” klubi nima uchun ijara muddatini uzaytirmagani haqidagi aytdi. Bu haqda u “TopPodcast” YouTube kanaliga ma’lum qildi, deb yozdi Daryo.uz nashri.

Shomurodovning fikricha, “Kalyari” jamoasi “Roma” klubi so‘ragan ijara narxini to‘lay olmagan va shu sababdan futbolchi Rim klubiga qaytgan.

Bundan tashqari, Italiyaning “Parma” klubi Shomurodov va yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgani haqidagi savolga javob berdi.

“Gap-so‘zlar doim bo‘ladi. Abbosning “SSKA” bilan shartnomasi bor. Klublar kelishib, rasman axborot bergachgina bilib olish mumkin. Ungacha biror nima deyish qiyin”, — deydi O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov.

Futbolchi “Jenoa” klubi unga juda yoqishi, Italiyaga birinchi kelganida yaxshi kutib olib, rivojlanishiga yordam berganini alohida ta’kidladi.

2015 yilda O‘zbekiston terma jamoasida debyutini o‘tkazgan Eldor Shomurodov 70 ta uchrashuvda qatnashgan va 40 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kiritildi: 11:55 14.06.2024. O'qildi: 4694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!