2024 yil 1 oktyabrdan Nijniy Novgorod viloyatiga vizasiz mamlakatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga, mehnat patentlarini berish to‘xtatildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi axborot xizmati xabar berdi.
Ayni damda amal qilayotgan patentlar bo‘yicha xorijiy fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni davom etadi.
Nijniy Novogorod migrantlarga patent berishni taqiqlagan birinchi hudud bo‘ldi. Bundan oldin alohida viloyatlar patent narxini oshirish yoki migrantlarga ayrim sohalarda ishlashni taqiqlash kabi cheklovlarini kiritgan edi.