Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi tomonidan qilingan bayonotda, o‘tgan oyda mamlakatning 23 shtatida 201 ta vabo kasalligi qayd etilgani bildirildi.
Bayonotda, yanvar oyidan buyon o‘lkada 2 ming 860 vabo kasalligi kuzatilgani, epidemiya tufayli hayotdan ko‘z yumganlar sonining 94 nafarga yetgani bildirildi.
Vibrio bakteriyalari keltirib chiqaradigan va oziq-ovqat va suv orqali yuqadigan vabo diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi.
Agar davolanmasa, kasallik o‘limga olib kelishi mumkin.
Nigeriyada toza suv etishmasligidan tashqari, samarali tibbiy aralashuvning yo‘qligi kasallik va o‘lim xavfini oshiradi.
Mamlakatda bezgak, poliomiyelit, tif va maymunchechak virusi kabi epidemiyali kasalliklar ham tez-tez uchrab turadi.