Niger janubi-g‘arbidagi Tillaberi mintaqasidagi Dosso Kuregu qishlog‘iga jangarilar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujumda 7 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar otryadi qishloqqa motosikllarda bostirib kirgan. Odamlarni o‘ldirgandan keyin chorva mollarini ham o‘g‘irlaganlar.