Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nigerda terrorchi guruhlar xavfsizlik kuchlariga hujum qilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Nigerda terrorchi guruhlar xavfsizlik kuchlariga hujum qilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Nigerda terrorchi guruhlar 25 iyun kuni xavfsizlik kuchlari joylashgan ob’ektga hujum qilib, 21 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan ma’lumotga asoslanib, Al Arabiya xabar berdi.

Mamlakat g‘arbida yuz bergan hujumda 20 nafar xavfsizlik xizmati halok bo‘lgan. Shuningdek, yana bir nafar tinch aholi vakili daydi o‘q kelib tegishidan vafot etgan.

Hujum yuz bergan Tassiya qishlog‘ida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. 9 nafar jarohatlanganlar markaziy kasalxonalarga olib ketilgan. Mudofaa vazirligi Nigerda uch kunlik motam e’lon qilgan.

Milliy televideniye orqali tarqatilgan bayonotda qurolli hujumni terrorchi guruhlar koalisiyasi tashkil etgani aytilgan. Ushbu xabar hukumatga qarshi kayfiyatdagi radikal va demokratik kuchlar birlashuvini ifoda etishi mumkin. Hukumat esa bu guruhlarni ommaviy tarzda “terrorchi” deb atagan.

Kiritildi: 09:48 26.06.2024. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!