Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Niderlandiya muzeyidagi portlashdan so‘ng qadimiy oltin dubulg‘a o‘g‘irlandi

A A A
Niderlandiya muzeyidagi portlashdan so‘ng qadimiy oltin dubulg‘a o‘g‘irlandi

Drense muzeyidan o‘g‘irlangan asosiy artefakt Ruminiya milliy tarix muzeyidan qarzga olingan oltin Kosofeneshti dubulg‘asi edi. Bu haqda euronews.com xabar berdi.

O‘g‘rilar Assen shahridagi Drentse muzeyiga bostirib kirish uchun portlash uyushtirdilar va bu ularga "Dakiya - Oltin va kumush qirolligi" deb nomlangan yirik ko‘rgazmadan bir nechta artefaktlarni o‘g‘irlash imkonini berdi.

Polisiyaning aytishicha, shanba kuni ertalab muzeyda kuchli portlash sodir bo‘lib, eshik va derazalarni sindirib, yaqin atrofdagi binolarga zarar yetkazgan.

Kosofeneshti oltin dubulg‘asi, miloddan avvalgi 450 yilga tegishli, Trakiya-Get zargarlik san’atining durdona asari hisoblanadi. Bu hafta oxiri yopilgan ko‘rgazmaning asosiy eksponatlaridan biri edi.

Ko‘rgazmada Ruminiyadagi 15 ta muzeydan 600 dan ortiq oltin va kumush buyumlar ham namoyish etildi. Hozirgi Ruminiya hududida Dakiya imperiyasi gullab-yashnagan va mamlakat milliy muzeyi hozirda o‘zining asosiy eksponatlaridan bir qismini yo‘qotgan.

“Bu Assendagi Drense muzeyi va Buxarestdagi Ruminiya milliy tarix muzeyi uchun qora kun, — dedi Drense muzeyi bosh direktori Garri Tupan. — Muzeyning 170 yillik faoliyati davomida bunday yirik voqea hech qachon sodir bo‘lmagan. Bu Ruminiyadagi hamkasblarimiz uchun ham juda katta qayg‘u keltiradi”.

Tergovga qo‘shni davlatlar huquq-tartibot idoralari, shuningdek, Interpol ham jalb etilgan.

Kiritildi: 10:45 28.01.2025. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!