Parijliklarning tasdiqlashicha, jamoada uchta COVID-19 holati aniqlangan, lekin o‘yinchilarning nomlari e’lon qilinmayapti. «AS» ma’lumotiga ko‘ra, gap Neymar, argentinalik Anxel Di Mariya va Leandro Paredes haqida bormoqda.
Futbolchilar karantinga olingan. Katta ehtimol bilan Neymar Chempionlar ligasi finalidan so‘ng virusni yuqtirib olgan. PSJ Fransiya chempionati rahbariyatiga musobaqani 29 avgustdan 10 sentyabrga ko‘chirishini so‘rab murojaat qilgandi. Bunga klubning 10 kun ichida uchta Yevropa kubogi o‘yinini o‘tkazgan o‘z futbolchilariga dam olish imkoniyatini berish xohishi sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, Neymar, Di Mariya va Paredes imkoniyatdan foydalanib, dam olish uchun Ibisaga borgan va u yerda, «AS» taxminiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin.
PSJ Chempionlar ligasi finalida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. 10 sentyabr kuni jamoa Fransiya chempionati doirasida «Lans»ga qarshi maydonga tushadi.