Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Neymar futbolni to‘xtatdi

Neymar futbolni to‘xtatdi

«Santos» klubi hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng jamoasidan bir necha kunlik ta’til oldi. Hozircha u oilasi bilan AQShda qolmoqda, uning klub ixtiyoriga qachon qaytishi esa aniq belgilanmagan.

Globo nashri ma’lumoticha, futbolchi kamida o‘n kun dam olishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Santos» 34 yoshli forvard va uning vakillari bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan, ammo uchrashuv sanasi hali belgilanmagan. Klub rahbariyati Neymar Braziliya terma jamoasining jahon chempionatidagi mag‘lubiyatidan keyin ruhan tiklanishini kutayotgani aytilmoqda.

Ma’lumki, ushbu musobaqa Neymar uchun jahon chempionatlaridagi so‘nggi ishtirok bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi. Avvalroq futbolchining otasi ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘lini faoliyatini yakunlamaslikka chaqirgandi.

Braziliya terma jamoasi 1/8 final bosqichida Norvegiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Neymar chempionat davomida ikki o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi.

Kiritildi: 23:52 08.07.2026. O'qildi: 3238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!