Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

NEXIA 3 auksionda yangi egasini topdi

NEXIA 3 auksionda yangi egasini topdi

Majburiy ijro byurosining Qo‘shtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 28.12.2023 yilgi ijro varaqasiga asosan karzdor R.Axmedovdan undiruvchi Kapital bank ATB foydasiga 140.456.000 so‘m qarzni undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Mazkur qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarz bartaraf etilmaganligi sababli garov mulki bo‘lgan NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasi xatlanib E-AUKSION savdolariga chiqarilgan.

Kim oshdi savdolarida 112.480.000 so‘mga baholangan mulk 114.749.600 so‘mga Z.Muftillayev tomonidan yutib olingan.

Shunga ko‘ra, mazkur avtortansport vositasi auksion g‘olibiga topshirildi.

Saidjon Abduqodirov,

Qo‘shtepa tuman bo‘limi boshlig‘i

Kiritildi: 22:48 17.04.2024. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!