Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastinning XAMAS harakatini allaqachon erishilgan kelishuvlardan voz kechishda va G‘azo sektorida radikallar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bitim tuzish yo‘lida qiyinchiliklar tug‘dirayotganlikda aybladi.
Bu haqda Isroil vazirlar mahkamasi rahbari idorasi bayonotida aytilgan.
"Hamas tashkiloti yolg‘on gapirishda davom etmoqda, erishilgan kelishuvlardan bosh tortmoqda va muzokaralarda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, Isroil barcha garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlarini davom ettiradi" - dedi Isroil bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni Netanyaxu Knesset (parlament) minbaridan turib so‘zga chiqib, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda “bir oz oldinga siljish” borligini ma’lum qilgan edi.