Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishini bildirdi

Netanyaxu Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishini bildirdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi hujumlar yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining «X» (sobiq Twitter) sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u mudofaa vaziri, Bosh shtab boshlig‘i va «Mossad» rahbari bilan uchrashib, kampaniyani davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Netanyaxu «kecha zolim Ali Xomanaiy yo‘q qilindi, u bilan birga rejimning o‘nlab rahbarlari bartaraf etildi. Qo‘shinlarimiz Tehron markaziga yanada kuchli zarbalar bermoqda va bu kuch yaqin kunlarda yanada ortadi», dedi.

Ma’lum qilinishicha, Isroil–AQSh operasiyasining birinchi bosqichida Eronning yuqori siyosiy va harbiy rahbariyati nishonga olingan. Xabarda 1989 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelgan oliy rahbar Ali Xomanaiy, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Ali Shamxoniy, mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, razvedka boshlig‘i G‘ulomrizo Rizoyan va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Abdulrahim Musaviy halok bo‘lgani aytilgan.

Kiritildi: 22:29 01.03.2026. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!