Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron o‘zining harbiy dasturlariga qariyb 1 trillion dollar sarflaganini da’vo qildi.
Isroil televideniyesida namoyish etilgan xalqqa qilgan murojaatida Netanyaxu yana bir bor Tehron ataylab Isroilni yo‘q qilishga, “Yaqin Sharqni egallab olishga va butun dunyoga tahdid solishga” harakat qilayotgani haqidagi nazariyani takrorladi.
Netanyaxuning ta’kidlashicha, shu maqsadda Islom Respublikasi qattiq sanksiyalarni yengib o‘tib, yadroviy va raketa dasturlarini rivojlantirishga katta mablag‘ sarflagan.
"Endi sizga shuni aytmoqchimanki, yillar davomida bularning barchasi Eronga qariyb 1 trillion dollarga tushdi. Va endi aytishimiz mumkin: trillion dollar behuda sarflandi”, deb ta’kidladi Isroil Bosh vaziri.