Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Netanyahu: «Kamida oltita arab davlati bilan yaqin aloqalarimiz bor»

Netanyahu: «Kamida oltita arab davlati bilan yaqin aloqalarimiz bor»

BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan EXPO 2020 xalqaro ko‘rgazmasida Isroil ham qatnashadi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.

Uning fikriga ko‘ra, Isroilning mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishi uning arab davlatlari bilan aloqalari yaxshilanib borayotganining bir belgisidir. Shuningdek, bosh vazir Isroil kamida oltita arab davlati bilan yaqin aloqada ekanini ta’kidladi.

Dubaydagi xalqaro ko‘rgazma 2020 yilning 20 oktyabrida boshlanadi va 2021 yilning 10 apreliga qadar davom etadi. Unda Isroilning sog‘liqni saqlash, axborot va suv texnologiyalari sohalarida faoliyat ko‘rsatadigan kompaniyalari qatnashishi rejalashtirilgan.

Isroil va BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, munosabatlar iliqlashib borayotganini aytish mumkin. Oxirgi vaqtlarda isroilliklar BAAda o‘tkazilayotgan sport musobaqalari va xalqaro anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda.

Kiritildi: 22:00 11.11.2019. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!