Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Netanyahu Eronga zarbalar davom etishini ma’lum qildi

Netanyahu Eronga zarbalar davom etishini ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronning energetika ob’ektlariga zarba berishni vaqtincha to‘xtatganiga qaramay, Eronni bombardimon qilish davom etishini bildirdi.

"Biz Eron va Livanda zarbalarni davom ettiramiz. Eronning raketa va yadroviy dasturini yo‘q qilyapmiz, shuningdek, “Hizbulloh”ga kuchli zarbalar berishda davom etyapmiz. Bir necha kun oldin yana ikki nafar yadrochi olimni yo‘q qildik va amaliyot hali ham davom etmoqda", — dedi Isroil bosh vaziri.

Kecha AQSh prezidenti Eron bilan tinchlik muzokaralari boshlanishini e’lon qilib, avval aytilgan zarbalarni 5 kunga kechiktirdi va kelishuv ehtimoli yuqori ekanini bildirdi. Donald Tramp Isroil sulhga rioya qiladimi degan savolga, "Isroil mavjud vaziyatdan juda mamnun bo‘ladi", deb javob bergandi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!