Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nemislar g‘azabda: Rossiya yana ularni yengdi...

Nemislar g‘azabda: Rossiya yana ularni yengdi...

Rossiyaning muvaffaqiyati Germaniyada keskin norozilikka sabab bo‘ldi.

Ayollar figurali uchishi bo‘yicha Yevropa chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasini egallagan Rossiya Federasiyasining sportchilari nemislar orasida g‘azabga sabab bo‘lishdi. Germaniya figurali uchish federasiyasining direktori Udo Densdorf nemis figurali uchuvchilarining muvaffaqiyatsizligi fonida ruslarni qattiq tanqid qildi.

“Sueddeutsche Zeitung” gazetasining yozishicha, nemis xalqi figurali uchuvchisi Nikol Shottga katta umid bildirgan, ammo 23 yoshli sportchi atigi 13 o‘rinni egallagan, uning rossiyalik raqibalari - 16 yoshli Alena Kostornaya, 15 yoshli Anna Sherbakova va Aleksandra Trusovalar esa birinchi uchlikni zabt etishgan.

"Men uchun bu bolalarcha holat. Sport uchun bunday vaziyat yaxshi deb o‘ylamayman", dedi Densdorf qat’iy ohangda.

Kiritildi: 21:30 27.01.2020. O'qildi: 5480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!