Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Nazm va navo kechasi

Nazm va navo kechasi
Poytaxtimizdagi Turkiston saroyida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi badiiy jamoalarining ustoz san’atkorlari hamda yosh ijrochilari ishtirokidagi musiqiy dastur hamyurtlarimiz e’tiboriga havola etildi.
Mumtoz musiqa san’atimiz rivojida Navoiy va Bobur ijodiy merosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularning betakror g‘azallari bilan kuylanuvchi musiqiy asarlar san’at muxlislarining ko‘ngil mulkiga aylangan. Ayni paytda mazkur musiqiy asarlar mukammalligi, betakrorligi, teran va yuksak badiiy-falsafiy ruhi bilan ham qadrlidir.
Musiqashunoslarning fikricha, buyuk ajdodlarimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Navoiy va Bobur ijodidagi mushtaraklik musiqa, tarix, tasviriy san’at, me’morchilik ravnaqiga oid asarlarida, ushbu sohalar rivoji yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida hamda san’at va hunar ahliga muttasil homiyligi va g‘amxo‘rligida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Har ikki ijodkor g‘azal va ruboiylarining ajib musiqiyligi ajdodlarining noyob zakosidan darak beradi.
Nazm va navo kechasida badiiy jamoalar va xonandalar ishtirokida chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro etildi.
Manba: uza. uz
Kiritildi: 21:00 14.02.2019. O'qildi: 2475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!