Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nazarboyevning nevarasi ukasi xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli video tayyorladi (VIDEO)

Nazarboyevning nevarasi ukasi xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli video tayyorladi (VIDEO)

Dariga Nazarboyevaning to‘ng‘ich o‘g‘li Nurali Aliyev ukasi Oysulton Nazarboyev xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli videoni Facebook'dagi sahifasiga joylashtirdi.

Sputnik Qozog‘iston yozishicha, videoda oilaviy arxivdan suratlar aks etgan.

Nurali Aliyev video ostida, ingliz tilida:

“Mening qadrdon ukam, hozir nimani his qilayotganimni tushuntirish uchun so‘z topa olmayapman. Senga aytmoqchi bo‘lgan ko‘p narsalar aytilmasdan qoldi. Sen mening xotiramda abadiy qolasan, men seni doim yaxshi ko‘raman”, - deb yozgan.

Videoga mashhur The Weeknd "Final Lullaby" qo‘shig‘i qo‘yilgan.

Kuni kecha Londonda Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev vafot etgani haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unning yuragi to‘xtagan. Oysulton 30 yoshda edi.

Kiritildi: 15:19 17.08.2020. O'qildi: 4453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!