Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nazarboyevning nabirasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Nazarboyevning nabirasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Qozog‘iston birinchi prezidenti va yetakchisi (elboshi) Nursulton Nazarboyevning nabirasi, 29 yoshli Oysulton Nazarboyev Buyuk Britaniya rasmiylaridan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda KazTAG va Vlast.kz portallari Oysulton Rohatning “Facebook”dagi postiga tayanib xabar berdi, ushbu akkaunt aynan Nazarboyevga tegishli ekani aytiladi.

Oysulton o‘z qarorini Nazarboyevlar oilasi tomonidan o‘tkazilayotgan bosim bilan izohladi. Uning iddao etishicha, «Rossiya va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi yuqori darajadagi korrupsiya» hamda «xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar haqida ma’lumot»ga ega.

Oysultonning so‘zlariga ko‘ra, «Nurbank» aksiyadori va Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev «o‘ldirilganidan» keyin onasi, prezidentning to‘ng‘ich qizi va Senat spikeri Darig‘a Nazarboyeva biznesmen hamda sobiq qaynotasi Qayrat Bo‘ronboyevga (445 mln dollarga egalik qiladi, Forbes’ning Qozog‘istondagi 50 nafar eng nufuzli tadbirkorlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallaydi) qarshi «sahnaorti urushini» boshladi.

«Hozirgi paytda oilam menga har tomonlama tazyiq o‘tkazishga harakat qilmoqda va men keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘ldim. Men Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radim», - deb yozdi u. O‘z postida Nazarboyev barcha tafsilotlarni Times gazetasiga intervyuda xabar qilishni rejalashtirganini qo‘shimcha qildi.

Oysulton Nazarboyev - 2015 yil fevral oyida Vena qamoqxonasida o‘lik holda topilgan tadbirkor Rohat Aliyev va Qozog‘iston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li.

29 yoshli Oysulton Sandxerstdagi (Buyuk Britaniya) Qirollik harbiy akademiyasini tugatgan va Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasiga ishga olingan. 2019 yil oktyabr oyida Londonda polisiyachini tishlab olgani uchun bir yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. Nazarboyevning nabirasiga 18 oylik sinov muddati berilgan, 140 soatlik jamoat ishlari, shuningdek, 6 ming funt sterling miqdorida jarima tayinlangan.

Kiritildi: 19:08 13.02.2020. O'qildi: 2804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!