Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nazarboyev endi daxlsiz emas

A A A
Nazarboyev endi daxlsiz emas

Qozog‘iston Konstitusiyaviy sudi “Birinchi prezident – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topdi, deyiladi sud saytida.

Bir guruh deputatlar Konstitusiyaviy sudga iltimos bilan murojaat qilishdi. Sud qarorida aytilishicha, 2022 yil iyundagi konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng Asosiy qonunda birinchi prezident to‘g‘risidagi qonunni saqlab qolish uchun asos yo‘q.

Bu qonun Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga jinoiy ta’qiblardan daxlsizlikni, uning mulki va oila a’zolarining mol-mulki daxlsizligini, devonxonasi byudjetdan moliyalashtirilishini kafolatlardi. 2019 yilning mart oyidan buyon ushbu devonxona uchun to‘qqiz milliard tenge (11,3 million dollar)ga yaqin mablag‘ ajratilgan.

Konstitusiyaviy sud qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirishi, Qozog‘istonning butun hududida majburiy bo‘lishi va shikoyat qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

2022 yil 5 iyun kuni Qozog‘istonda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakat tarixida birinchi marta asosiy qonunga umumxalq ovoz berish yo‘li bilan kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘ldi. Konstitusiyaga yangi qoida kiritildi – endilikda prezidentning yaqinlariga yuqori davlat lavozimlarini egallashga ruxsat berilmaydi. Prezidentlik esa yetti yillik bitta muddat bilan cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil kuzida Qozog‘iston Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashladi va poytaxt nomini Ostona deb o‘zgartirdi.

Kiritildi: 20:20 11.01.2023. O'qildi: 4867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik