Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi

Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi



“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–347-son, 05.08.2022 y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.

🗓 Har yili o‘tkazib kelinayotgan Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichi 2023 yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023 yildan har yili tizimli ravishda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:

🔹yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
🔹keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
🔹nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri;
🔹8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan, 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri;
🔹MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.

⏩ 2022/2023 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va OTM hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

☑️ Shuningdek, har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etiladi.

Kiritildi: 14:33 05.08.2022. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!