Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda voyaga yetmagan qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs qamaldi

Navoiyda voyaga yetmagan qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs qamaldi

OAVlarda Navoiyda voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan xabar tarqaldi.

🔸Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda.

📌Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan N.J. ga nisbatan joriy yilning 14 may kuni «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan☑️.

❕Mazkur ish jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor etilishi, shu jumladan, OAVda keng yoritilishi bola manfaatlariga muvofiq emas.

🖇 Ish yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda va bola manfaatlari nuqtai nazaridan ishning sudda ko‘rilishida ham o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Kiritildi: 18:40 08.07.2024. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!