Navoiy davlat universitetida ta’mirlash ishlari uchun to‘lovni o‘tkazib berish evaziga pora olgan mansabdor xodim jinoyat ustida ushlandi.
Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu ta’lim muassasasini ta’mirlab bergan MCHJga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 million so‘m pulni korxona hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 35 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.