Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda ruhiy xasta yigit o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

Navoiyda ruhiy xasta yigit o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

Ushbu qotillik joriy yilning 27 aprelida Xatirchi tumanining "Guliston" mahallasidagi xonadonlarning birida sodir bo‘ldi. Ona 30 yoshli farzandi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. 

"Onangman, bolajonim. Onangman", deb bir necha marotaba aytdi. Shundan keyin oxiri boshiga urayotgandim. Pichoq shunday qayrildi", - deya o‘sha kungi holatni gaprib beradi o‘g‘il. 

Mazkur hodisaning gumondori bo‘lgan marhumning farzandi Berdiqulov bir necha yillardan buyon ruhiy xastalik sabab profilaktik hisobda turgan. O‘sha kungi hodisa undagi huruj tufayli yuzaga kelgan. Xonadandagi chaqaloqning yig‘isi ruhiy xasta bemorga yoqmay, kelinoyisiga tanbeh beradi. Shu payt o‘rtada janjal kelib chiqadi. O‘g‘li va kelinini tinchlantirishga uringan onaning esa ko‘ksiga pichoq sanchiladi. Ikki soatdan keyin ona tuman tibbiyot birlashmasida vafot etadi. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan. 

Kiritildi: 14:55 04.05.2021. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!