YPX xodimi mast holda avtomobil boshqargan haydovchini to‘xtatib, qonun doirasida chora ko‘rgan.
Qoidabuzarning otasi ishni sudga oshirmaslik evaziga xodimga 1000 dollar pora taklif qilgan. Biroq xodim poradan voz kechib, bu haqda tegishli idoralarga xabar bergan.
Halolligi va prinsipial pozisiyasi uchun xodim 12,3 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.