Joriy yilning 10 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyalari A.Avezov va S.Boltayevlar tomonidan insonparvarlik prinsipidan kelib chiqib, 11-son jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan 4 nafar mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilib, 5 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazoga almashtirildi. Shuningdek, 15 nafar mahkum yengil tartibli koloniyaga o‘tkazildi.
Bundan tashqari, sudya A.Avezov va S.Boltayevlar tomonidan mahkumlarni axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun, ularning ma’naviyatini, ma’rifatini boyitish maqsadida hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishlari uchun bir necha mavzularda keng qamrovli seminar yig‘ilishini o‘tkazdi.