Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda armiyaga chaqiriluvchidan 4,5 mln so‘m pora talab qilgan shifokor ushlandi

Navoiyda armiyaga chaqiriluvchidan 4,5 mln so‘m pora talab qilgan shifokor ushlandi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish maqsadida doimiy tibbiy chaqiruv komissiyasi tarkibiga kiritilgan, Navoiy viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi dermatolog shifokori lavozimida ishlovchi 1978-yilda tug‘ilgan R.R. fuqaro A.B dan o‘z xizmatini o‘tashda yordam berish maqsadida pul tama qiladi.

Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda,dermatolog R.R. viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Chaqiriluvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi binosidagi xizmat xonasida talab qilgan 4 mln. 500ming so‘m pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:25 08.04.2019. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!