Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda 5 nafar mahkum  qamoqdan ozod etildi (FOTO)

Navoiyda 5 nafar mahkum  qamoqdan ozod etildi (FOTO)

Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Shu o‘rinda, joriy yilning 23 dekabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi Adiz Avezov tomonidan Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish muassasasida ochiq sayyor sud tashkil etildi.

Mazkur sayyor sud davomida sudning hukmlariga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni o‘tab turgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asosan jazolarni ijro etish idoralari tomonidan jami 5 nafar shaxsga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar sudda ko‘rilib qanoatlantirildi.

Jumladan, mahkumlar A.Sabirov, V.Chernov va B.Egamberdiyevlar ozodlikdan mahrum qilish jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan bo‘lsa, A.Dauletov va Q.Urgenchbayevlarni ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismini ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, barchasi o‘z a’zolari bag‘riga qaytdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Navoiy shahar sudi axboroti.

 

Kiritildi: 16:34 25.12.2019. O'qildi: 2405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!