Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari davom etmoqda.
Loyiha doirasida Karmana tumanida eng so‘nggi texnologiyalar asosida 220/500 kV kuchlanishli yangi ochiq taqsimlash qurilmasi ham barpo etilmoqda.
Mazkur ob’ekt yangi bug‘-gaz qurilmasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga uzatishni ta’minlaydi.
Yangi energetika quvvatlarining ishga tushirilishi mamlakat energetika tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.