Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navalniy «Matrosskaya tishina» qamoqxonasidan boshqa joyga olib ketildi

Navalniy «Matrosskaya tishina» qamoqxonasidan boshqa joyga olib ketildi

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Moskvadagi «Matrosskaya tishina» tergov izolyatoridan boshqa yerga ko‘chirildi. Bu haqda uning advokati Vadim Kobzevga asoslanib Meduza xabar bergan.

«Navalniy bilan uchrashish uchun tergov izolyatoriga kelganimda uning qamoqxonadan boshqa yerga ko‘chirilganini ma’lum qilishdi. Mijozimning qayerga ko‘chirilganini menga aytishmadi, ehtimol koloniyaga olishgandir, balki butunlay boshqa joyga olib ketishgan», — degan advokat «Interfaks» nashriga bergan intervyusida.

«Otkritiye media»dagi izohda Kobzev Navalniy koloniyaga yetib borganidan keyin uning yaqin qarindoshlariga qamoqxona joylashgan manzil haqida ma’lumot berilishi belgilanganini, biroq boshqa manzilga ko‘chirish bir necha hafta davom etishi ham mumkinligini qayd etgan.

«Uning holatida bunday bo‘lmasligiga umid qilaman. Jurnalistlar va umumjamoat kuzatuv komissiyasining yordam berishiga ishonamiz», — degan advokat.

Umumjamoat kuzatuv kengashi a’zosi Yeva Merkachyova Navalniyning koloniyaga olib ketilganini tasdiqlagan.

«Uni olib ketishdi, biroq qaysi qamoqxonaga borishi haqida ma’lumotga ega emasman», — degan Merkachyova.

Moskvaning Simonov tumanlararo sudi 2 fevralda Navalniyni «Iv Roshe» ishi bo‘yicha aybdor deb topib, uning jazoni koloniyada o‘tashi haqida qaror chiqargandi. Moskva shahar sudi 20 fevralda qarorni qonuniy deb topdi va sud hukmi kuchga kirdi.

Navalniy koloniyada 2,5 yil davomida sud belgilagan jazoni o‘taydi.

Kiritildi: 09:50 26.02.2021. O'qildi: 1811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!