Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Naushniklarini foydalanish vaqtida qanday quvvatlantirsa bo‘ladi?

Naushniklarini foydalanish vaqtida qanday quvvatlantirsa bo‘ladi?

 

Foydalanuvchi Apple AirPods’ning quvvatlantirish keysini yo‘qotib qo‘yganida yoki uni quloqdan yechmasdan turib quvvatlantirishni xohlaganida foyda beradigan yana bir usul taklif etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

 

M.Craftsman kompaniyasining aksessuari ikki uchiga qalpoqchalar qotirilgan kichik akkumulyatorga ega bog‘ich ko‘rinishida. Quvvatlantirish ushbu qalpoqchalarni naushniklar oyoqchasiga ulaganda sodir bo‘ladi. Magnit asos va magnit qo‘shimchalar hisobiga ularni oyoqchalardan ajratib olish u qadar oson emas. Masalan, yugurish vaqtida u juda qulay.

Gizmochina ma’lumotlarga ko‘ra, PodChain Pro nomini olgan aksessuar AirPods va AirPods Pro’ni uch marotaba quvvatlantirib, ularning uzluksiz ishlashini 16 soatgacha ta’minlay oladi.

Aksessuarni 23 fevraldan boshlab Indiegogo kraudfanding maydonchasi orqali 60 dollarga evaziga buyurtma qilish mumkin.

Avvalroq Apple naushnik ishlab chiqarishda shishadan foydalanishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 20:42 22.02.2021. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!