NRA nashrining yozishicha, Yens Stoltenberg 2021 yilda Rossiya bilan bufer zona tashkil etish masalasini muhokama qilishga kirishgan, bu esa ittifoqchilarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan.
"Stoltenberg o‘sha vaqtda NATO – Rossiya kengashiga Kremlning "bufer zona" yaratish va alyans kuchlarini 1997 yilgacha bo‘lgan pozisiyalarga qaytarish taklifini ko‘rib chiqishni tavsiya qilgan", – deyiladi maqolada.
Shuningdek, Yens Stoltenberg o‘z memuarlarida Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davrida NATO'ning kelajagidan xavotir bildirib, alyansning parchalanib ketishi real ehtimol ekanini ta’kidlagan edi