Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nasafiy Munisani tanqid qildi: "Munisa Rizayeva musiqa sohasida yetarli bilimga ega emas!"

Nasafiy Munisani tanqid qildi: "Munisa Rizayeva musiqa sohasida yetarli bilimga ega emas!"

Xonanda Nasafiy "Aldama meni" ko‘rsatuvida Munisa Rizayeva va yana bir nechta xonandalarni yoqtirmasligini aytdi.

Ko‘rsatuvda boshlovchi «Nasafiy kimdan ko‘proq qo‘rqadi yoki yoqtirmaydi» degan savol bilan murojaat qilganda xonanda Zohirshox Jo‘rayev, Shoxjaxon Jo‘rayev va Munisa Rizayevalarni sanab o‘tgan.

Shuningdek, fikrini izohlash davomida «Munisa Rizayevani yoqtirmasligim uchun juda ko‘p sabablarim bor, lekin men hamma narsani ovoz chiqarib aytmayman. Men uning musiqa sohasida yetarli bilimga ega emasligini bilaman», – deydi Nasafiy.

O‘z navbatida, Rizayevaning o‘zi ham so‘nggi jonli efirlaridan birida Nasafiyga darhol javob qaytargan.

«Nasafiy kim, men uni hatto tanimayman ham», – deb ajablangan xonanda.

Foydalanuvchilarning aksariyati Nasafiyning tarafini olishgan bo‘lib, Rizayevaning go‘yo xonanda ijodi bilan tanish emasligiga haqida gapirgan gaplariga ishonishmagan.

Kiritildi: 09:15 02.02.2021. O'qildi: 4501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!