Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Nasaf»ning sobiq futbolchisi O‘zbekiston haqida: «Neft va gazning katta zaxirasi bor. Biroq mamlakatda kambag‘allar bor»

«Nasaf»ning sobiq futbolchisi O‘zbekiston haqida: «Neft va gazning katta zaxirasi bor. Biroq mamlakatda kambag‘allar bor»

Qashqadaryoning “Nasaf” klubida to‘p surgan, hozirda “Paxtakor”da o‘ynayotgan legioner futbolchi Dragan Cheran xorij OAVsiga intervyu berdi.

Jurnalist bilan suhbat davomida futbolchi O‘zbekistonga ilk marta tashrifi, o‘zbek madaniyati, shaharlari va futbolchilari haqida gapirdi. Uning fikricha o‘zbek futbolchilari tez taslim bo‘lar ekan. Shuningdek, bu yerda xorijlik futbolchilar mahalliy futbolchilardan ancha ko‘p maosh oladi. U “Nasaf”da legionerlar 15-20 ming dollar oylik olganini aytdi.

Cheran o‘z intervyusida O‘zbekiston haqida ham gapirdi.

“Bu davlat paxta yetishtirish, oltin qazib olishda dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Ularda neft va gazning katta zaxirasi bor. Biroq mamlakatda kambag‘allar bor. Poytaxt - Toshkentda bu ko‘rinmaydi, chunki shahar Yevropaga intilmoqda. Ammo kichik shaharchalarda kambag‘allarni uchratish mumkin. Maosh 100-200 dollarni tashkil qiladi, odamlar bunga rozi. U yerda o‘rta daraja yo‘q”, – deydi legionar futbolchi.

Kiritildi: 09:33 16.01.2020. O'qildi: 5800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!