Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Narxlar o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston “etakchi” bo‘ldi. Bo‘ladiyam-da!

Narxlar o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston “etakchi” bo‘ldi. Bo‘ladiyam-da!

Sobiq Ittifoq mamlakatlarining joriy yil boshidan boshlab, sentyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha reytingi tuzib chiqildi. Reyting “BelaPAN” axborot agentligi tomonidan tuzildi.
 
Unga ko‘ra, O‘zbekistonga 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida narxlar o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rin “nasib etdi”. O‘tgan vaqt davomida O‘zbekistonda narxlar 8,1 foizga oshgan.
 
Shuningdek, “kuchli uchlik”dan Ukraina (5,6 foiz) va Tojikiston (3,8 foiz) davlatlari ham o‘rin oldi. Keyingi o‘rinlarda Belarus (3,7 foiz), Estoniya (3,6 foiz), Qozog‘iston (3,3 foiz), Rossiya (2,5 foiz), Latviya (2,4 foiz), Litva (2 foiz) va Gruziya (1 foiz) qayd etildi.
 
Aksincha, Kavkaz mamlakatlari Ozarbayjon (0,1 foiz) va  Armaniston (0,8 foiz), shuningdek, Moldova (0,4 foiz) va Qirg‘izistonda (1,1 foiz) narxlar pasaygan.
 
Turkmanistonning esa yarim yillik ma’lumotlari aniqlangan bo‘lib, mamlakatda iste’mol narxlari 8,9% ga ko‘tarilgan.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 19:50 13.10.2018. O'qildi: 2704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!