Narpay tumanida Majburiy ijro byurosi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorining ijrosi ta’minlanib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjatiga muvofiq, fuqaro N.G. foydasiga kelin bo‘lib borgan xonadondan unga tegishli 21 turdagi shaxsiy mol-mulk va kelinlik sarpolarini qaytarib berish belgilangan edi.
Davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati belgilangan tartibda qabul qilinib, ijro ishi qo‘zg‘atildi. Ijro jarayonida qarzdor tomon bilan tushuntirish ishlari olib borilib, o‘zaro muzokaralar o‘tkazildi hamda qonun talablariga muvofiq zarur ijro harakatlari amalga oshirildi.
Yakunda, xolislar ishtirokida ijro hujjatida ko‘rsatilgan barcha 21 turdagi mol-mulk xatlovdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda undiruvchi — fuqaro N.G.ga topshirildi.
Shu tariqa, fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlandi.