Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Narpayda kuydirgi kasalligi tarqalgani rostmi?

Narpayda kuydirgi kasalligi tarqalgani rostmi?

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumani “O‘zbekiston” mahallasi Tanishka qishlog‘ida iste’molga yaroqsiz go‘sht orqali kuydirgi kasalligi tarqalganligi to‘g‘risida xabarlar bo‘yicha ma’lumot bergan.

Mazkur holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tashkil etilgan maxsus shtab tomonidan batafsil o‘rganilgani aytilib, namunalar Hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi davlat ilmiy markazi laboratoriyalarida chuqur tekshirilgan. Olingan namunalarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan.

Kuydirgi – o‘tkir kechuvchi o‘ta xavfli infeksion kasallik bo‘lib, septisemiya, og‘ir zaharlanish va karbunkulalar hosil qilish bilan kechadi. Barcha turdagi qishloq xo‘jalik, uy, yovvoyi hayvonlar kasallanadi hamda u odamlarga asosan hayvonlar orqali oson yuqadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tashqi muhitda 100 yilgacha saqlanib turishi inobatga olingan holda, kasallikning eski o‘choqlari davlat veterinariya xizmati tomonidan xavfsizligi bo‘yicha nazoratga olinadi.

Joriy yilning oxirigacha immunitetlik faolligi tugaydigan qariyb 10,0 mln bosh chorva hayvonlari kuydirgi kasalligiga qarshi profilaktik emlangan. Ya’ni, immunitetlik faolligi to‘liq saqlab turilishi ta’minlangan. Davlat veterinariya xizmati zaxirasida 6,4 mln doza emlama mavjud.

Shu yilning o‘tgan davri mobaynida kasallikning eski tuproq o‘choqlaridan 3021 ta tuproq namunasi hamda 84,1 ming bosh qoramol va qo‘y terisi laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganida kasallikka nisbatan musbat natija kuzatilmagan.

Kiritildi: 14:12 14.10.2021. O'qildi: 2862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!