Namibiya vise-prezidenti Nangolo Mbumba RT telekanaliga bergan intervyusida mamlakatlarning qator yo‘nalishlar, xususan, ta’lim sohasidagi hamkorligi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1970-1990-yillarda ko‘plab afrikalik amaldorlar SSSRda tahsil olgan, biroq Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham ruscha ta’lim olish an’anasi uzilmagan.
“Hozir biz bilan birga bo‘lgan sog‘liqni saqlash vazirimiz Rossiyada ta’lim olgan. Va nafaqat u: uning rafiqasi (afsuski, u hozir tirik emas) ham Rossiyada ta’lim olgan. Aynan shu yerda ular turmush qurishdi”, dedi Mbumba.