Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganlik ayolning o‘ziga o‘t qo‘yib vafot etishi ortidan MIB xodimi ozodlikdan mahrum etildi

Namanganlik ayolning o‘ziga o‘t qo‘yib vafot etishi ortidan MIB xodimi ozodlikdan mahrum etildi

Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tugab, ish sud tartibida ko‘rildi va Majburiy ijro byurosi Davlat ijrochisiga nisbatan jazo tayinlandi.

2020 yilning 29 sentyabr kuni Muhabbat Abduvahabovna Dedebayeva va uning oila a’zolarini Namangan shahar, “Istiqbol” MFY, 9-Bog‘i-eram ko‘chasi 34-uydan majburiy tartibda ko‘chirishga bo‘lgan urinish ortidan, 1985 yilda tug‘ilgan Gulandon Dedebayeva o‘ziga benzin yoqilg‘isini sepib, yoqib yuborib, o‘z joniga suiqasd qilgan edi.

Gulandon Dedebayeva olgan kuyish jarohatlari ortidan 2020 yil 30 sentyabr kuni shifoxonada vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha,ona-bola firibgarlik qurboni bo‘lgan. Ya’ni, ularga uy 13 ming dollariga sotilgan bo‘lib, yakunda ular ham uysiz ham pulsiz qolib ketishgan.

So‘ngra, uy egasi sud orqali Muhabbat Dedebayeva va uning oila a’zolarini uydan chiqarishga qaror qilgan va bu bo‘yicha natijaga erishgan. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 8 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar Muhabbat Dedebayeva va uning oila a’zolarini majburiy tartibda ko‘chirish ishlari boshlangan.

Muhabbat Dedebayeva va uning oila a’zolari nizoli xonadondan ixtiyoriy ravishda chiqishmagani ortidan, 2020 yilning 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi Davlat ijrochisi J. Sotibxonov taxminan soat 10:20da tegishli tartibda mutassaddi tashkilot vakillari (Namangan shahar IIO FMB 2-IIB, FVV YOXB Namangan shahar bo‘limi, MFY) va xolislar ishtirokida majburiy ijro harakatini amalga oshirishga kirishgan.

Orada kelib chiqan tushunmovchilik sabab, Gulandon Dedebayeva yashash xonadonidan 1,5 litr hajmdagi baklajkada benzin olib chiqib, uni bir qismini ustidan qo‘ygan. U 13 ming AQSh dollarga ushbu uyni sotib olgani, hozirda boshqa yashash joyi yo‘qligini, ushbu pullar qaytarilsa o‘z ixtiyori bilan xonadonni tark etishlari ma’lum qilgan. Aks holda, ijro harakatlari amalga oshirilgan taqdirda, o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini yoqib yuborishini ma’lum qilgan.

J. Sotibxonov u o‘zini yoqib yuborishini takrok va takror ta’kidlashi, qolaversa uning o‘sha paytdagi salbiy ta’sir ostidagi beqaror ruhiy, asabiy va serhayajon holati sabab hayoti yuqori xavf ostida turgani ayon bo‘lgani holda majburiy ijro harakatlariga jalb qilingan Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPG TP profilaktika inspektori va boshqa ishtirokchilarning bu harakatlarni bartaraf etish imkoni yo‘qligi uchun ijro harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish haqida bir necha bor bildirgan talablarini inkor etib, ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish choralarini ko‘rmasdan, yuzaga kelgan real holatga to‘g‘ri baho bermay, inson sog‘ligi va hayotiga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lib, ijro harakatlarini davom ettirib, ijro harakatlarini to‘xtatmasligini, uni va oilasini shu kunning o‘zida uydan ko‘chirishini ta’minlashini ma’lum qilib, unga yaqinlashganda u ustidan benzin qo‘yib o‘zini yoqib yuboradi va og‘ir tan jarohati olib, salomatligia zarar yetkazilib, ushbu jarohatlar natijasida vafot etishiga sababchi bo‘lib, uning huquqlariga jiddiy ziyon yetkazganlikda aybli deb topilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi hukmiga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi Davlat ijrochisi J. Sotibxonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 208-moddasi, 45-moddasi qo‘llanib, 2 yil Prokuratura tizimida ishlashdan mahrum qilindi va unga nisbatan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Jahon.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, shuningdek, Sud hukmi bilan undan jarblanuvchi foydasiga 44.390.000 so‘m moddiy va 100.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirish belgilandi.

Kiritildi: 09:23 02.06.2021. O'qildi: 6037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!