Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namangandagi tibbiyot muassasasida ikki kishi kaltaklandi

Namangandagi tibbiyot muassasasida ikki kishi kaltaklandi

Namangan viloyati. 2021 yilning 23 mart kuni soat 11:00 larda Chortoq tumani Saroy MFY., hududida joylashgan QVP binosiga 33 yoshli Murod YU., va 35 yoshli Shavkat YU,lar kelib ma’muriyatga ushbu binoni bo‘shatib berishlarini, ular zamonaviy klinika qurmoqchi ekanliklarini bildirganlarida, u yerda davolanayotgan 37 yoshli Fayzullo T., va 31 yoshli Anvar M.,lar ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tanasining duch kelgan joylariga urib jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Murod YU., hamda Shavkat YU.,larda engil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Fayzullo T., va Anvar M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Kiritildi: 15:04 25.03.2021. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!