Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda ZIL haydovchisi o‘smir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Namanganda ZIL haydovchisi o‘smir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Namanganda o‘lim bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda «Repost.uz» xabar bermoqda.

Hodisa To‘raqo‘rg‘on tumanining Kumidon va Shohidon qishloqlari o‘rtasida yuz bergani bildirilmoqda.

15 yashar o‘smir yo‘lni kesib o‘tayotib, ZIL yuk mashinasiga to‘qnash keladi. Haydovchi avariyadan qochishga urinib, rulni chapga buradi, biroq uning ortidan kelayotgan Spark bu burilishga ulgurmay, yuk mashinasiga kelib urildi.

Manyovr qilganiga qaramay, ZIL haydovchisi o‘smirning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, YTH tufayli yuk mashinasi va Spark haydovchilari hamda 3 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

Kiritildi: 17:12 03.06.2019. O'qildi: 1994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!