Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda yashovchi fuqaro uyining tokchasidan 250 gr “Marixuana” topildi

Namanganda yashovchi fuqaro uyining tokchasidan 250 gr “Marixuana” topildi

Joriy yil 6 mart kuni viloyat hududida Bosh prokuratura va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida Chust tuman IIB 4-sonli IIB HPB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan tintuv davrida, Chust tumanida yashovchi, 1969 y.t. fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining ichidagi tokchasida qog‘oz ustiga maydalab yoyilgan och yashil rangli  modda borligi aniqlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 250 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:50 19.03.2021. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!