Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda o‘qituvchilar majburan beton quyishga chiqarilgani rostmi?

Namanganda o‘qituvchilar majburan beton quyishga chiqarilgani rostmi?

Kuni kecha internet nashrlarida Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. 29 iyun kuni o‘qituvchilar mazkur tumandagi Namuna qishlog‘i yaqinidagi anhor bo‘yida beton quyishgan. Har bir maktab uchun mazkur qurilishdan 10 metrdan joy ajratilgan. Qaysi maktab qayerda ishlashi raqam bilan belgilab qo‘yilgan. Qurilish anhor bo‘yida joylashgani uchun xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Mazkur qurilishlarga o‘qituvchilar majburan, har xil do‘q-po‘pisalar bilan olib chiqilgan.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur holat bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va qonunchilik doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin, deyiladi vazirlik axborotida.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan Mehnatga ma’muriy tarzda majburlov qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Kiritildi: 11:11 03.07.2019. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!