Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda sakkiz marta sudlangan ayol yana jinoyatga qo‘l urdi (video)

Namanganda sakkiz marta sudlangan ayol yana jinoyatga qo‘l urdi (video)

Namanganda muqaddam sakkiz marta sudlangan ayol yosh qizlarning taqinchoqlarini o‘g‘irlab, yana bir bor jinoyat sodir etdi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

35 yoshli Odina yosh qizlarning qulog‘idagi zirakni o‘g‘rilash bilan shug‘ullangan. Jurnalistlar sud oldidan u bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi.

«Qamalib kelganimdan keyin uydagilar qo‘yishmadi, shu bilan ko‘chada qolib ketdim. Uyim yo‘qligidan, qiynalib ketganimdan shu ishlarni qildim. Bolam och qolsa, qarab turmayman-ku», — deydi sudlanuvchi.

Ta’kidlanishicha, ayol sobiq eridan bir nafar farzandi bilan ajrashgan, doimiy sargandorlikda yashagan, har gal qamoqdan chiqqach, bu yo‘lga qaytib kirmayman deydi.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan hozirgi kunga qadar 51 ayolga nisbatan 38 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Mazkur jinoyat ishlari tahlil qilinganida ularning orasida muqaddam sudlanganlar ham bor bo‘lib, bunga sabab Xotin-qizlar qo‘mitalari, mahallalar, probasiya guruhlari tomonidan ishlanmaganidir. Ayol sakkiz marotaba Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bilan sudlangan. Sinov muddati davrida Odina probasiya guruhiga yuborilgan. Biroq pasporti yo‘qligi, bir necha bor hokimiyatga uchragani, ammo ular pasport olishga ham yordam bermaganligini, probasiya guruhlari tomonidan u ishga joylashtirilmagani ma’lum bo‘ldi», — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sudyasi Sultonmurod Xolmaqsudov.

Odina Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, unga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:29 22.11.2019. O'qildi: 2332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!