Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda "Nexia-3" yuk mashinasi tagiga kirib ketdi

Namanganda "Nexia-3" yuk mashinasi tagiga kirib ketdi

Hodisa bugun, 27 iyun kuni tongda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 234-kilometrida sodir bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan N.YO. "Nexia-3" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga to‘qnashgan.

Natijada, "Nexia" avtomobilining haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz",-deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:43 27.06.2022. O'qildi: 2470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!